Moskvada josuslikda gumonlanib qo‘lga olingan amerikalik Pol Uilan avval dengiz piyodasi sifatida xizmat qilgan, biroq ayni paytda istefoda. Bu haqda uning egizak akasi Devid Uilan xabar berdi, deb yozmoqda Meduza.
Devid Uilanning aytishicha, uning akasi Moskvaga nikoh to‘yi uchun kelgan, biroq 28-dekabr kuni u bilan aloqa yo‘qolgan. Uning akasi Polning ayni paytda nima bilan shug‘ullanayotgani va kimning nikoh to‘yiga kelganiga aniqlik kiritmagan. Uning oilasi Amerika hukumati bilan bog‘langan.
Izoh (0)