Joriy yilning 1-yanvar kuni Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashagan R.R. uyida sigareta chekib uxlab qolishi oqibatida sigaret kukuni ko‘rpa ustiga tushib, yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyining 40 kv.m. maydonida tom qismi va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda R.R.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Izoh (0)