O‘zbekistonda pirotexnikaning har qanday turi maishiy ishlatish uchun taqiqlangan. Bu haqda “Xabar.uz” eslatmoqda.
Ayniqsa, bu matoh bolalar qo‘liga tushib qolsa, favqulodda hodisalar, jumladan, yong‘in keltirib chiqarishi, odamlarga og‘ir jarohat yetkazishi mumkin. Shunga qaramay, bolalar guruh-guruh bo‘lib, pirotexnika vositalaridan foydalanayotganining guvohi bo‘lyapmiz. Pirotexnika vositalarining aksariyati xavfsizlik talablariga javob bermaydigan kontrafakt mahsulotlari ekanligini, tabiiyki, ular bilmaydi.
Shuni aytish lozimki, qish mavsumida, qolaversa, yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik sodir bo‘ladigan ko‘plab noxushliklarning oldini oladi. Bunda huquq-tartibot idoralari xodimlari qatorida har bir ota-ona, mahalla-ko‘y, ta’lim muassasalari mutasaddilari birdek mas’uldir.
Bolalarimizni asraylik!
Izoh (0)