• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘ztransgaz” Farg‘ona vodiysi “gaz-zapravkalari”dagi navbatlar haqida gapirdi. Muammoning sabablari ko‘p

    Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompress stansiyalari (AGTKS)da metan yonilg‘isi taqchilligi kuzatilayotganiga bir haftadan oshdi. Ko‘plab shoxobchalar vaqtincha ishlamayapti, boshqalarida esa haydovchilar soatlab qolib ketayotgan bir necha kilometrlik navbatlar yuzaga kelmoqda. Yonilg‘isi qolmagan mashinalar haydovchilarning bir-biriga ko‘rsatayotgan yordami bilan stansiyalargacha olib kelinyapti, dedi Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi AGTKSlardan birining boshlig‘i “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, “zapravka”lardagi navbatlar magistral gaz quvurlaridagi bosim stansiyalardagi kompresslar ishlaydigan bosimdan ham pasayib ketgani sabab yuzaga kelan. “Katta yo‘llar yoqasida joylashgan ‘zapravka’larda bosim tushib ketgan. Avvallari bosim 7 kg/kv.sm.gacha yetgan bo‘lsa, hozir 2 kg/kv.sm.dan ham past. Mening shoxobchamda kompressor kamida 3 kg/kv.sm. bosimda ishlaydi. Bu holat 10 kundan beri davom etyapti”, — dedi u.

    “Gazeta.uz” suhbatdoshining qayd etishicha, “zapravkalar” gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo Muborak gaz qayta ishlash zavodidagi kompressorning ishdan chiqishi sabab yuzaga kelgani haqida ogohlantirish xatlarini olgan. 21-dekabrgi xat Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy gaz ta’minoti filiali boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan imzolangan.

    “Qishki davrda bosimning tushib ketishi bilan shunga o‘xshash muammolar avvalgi yillarda ham bo‘lgan, lekin hozirgidek darajada emasdi. O‘tgan yillari navbatlar uch-to‘rt kun kuzatilgan. Odatda bu havoning keskin sovib ketishi bilan yuz beradi”, — dedi AGTKS vakili.

    Oltiariq tumani hokimligi “zapravka”larga metan sotish uchun qulay vaqt tanlashni taklif qilgan. Avvallari AGTKSlar kun-u tun ishlagan bo‘lsa, endi faqat ma’lum bir vaqtda mashinalarni yonilg‘i bilan to‘ldirmoqda. “Mendan qaysi vaqtda ishlash siz uchun qulay, deb so‘rashdi. Men qo‘shni ‘zapravka’lar dam olayotgan vaqtda bosim oshishi mumkinligi, chunki gazni hammamiz bir joydan olishimizni aytdim. Shunin uchun ham 20:00 dan 8:00 gacha bo‘lgan vaqtni oldim. Ya’ni, 12 soat ishlashga ruxsat olganman. Bu vaqtda boshqa ‘zapravka’lar vaqtincha ishlamay turadi”, — deya tushuntirdi u.

    AGTKS rahbarining qayd etishicha, gaz taqchilligi kuzatilayotganiga qaramay, benzin bilan hech qanday muammo yo‘q. “Bilmadim, benzin sotib olish mumkin bo‘lsa-da, benzin quyish shoxobchalari bo‘sh turgan bo‘lsa-da, nima uchundir hamma gaz sotib olyapti. To‘g‘ri, to‘liq gazda yurishga moslashtirib tashlangan mashinalar ham yo‘q emas”, — dedi u.

    “O‘ztransgaz”ning javobi

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “O‘ztransgaz” kompaniyasi boshqarma boshlig‘i Erkaboy Aliyev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida AGTKSlardagi muammolarni ob-havoning keskin sovib ketishi bilan bog‘ladi.

    “Respublikada havoning keskin sovib ketgani sabab, aholi ko‘proq elektr energiya iste’mol qila boshladi. Asosiy iste’molchimiz “O‘zbekenergo” bo‘lgani bois, ularda qo‘shimcha — belgilangan limitdan ortiq gaz hajmiga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Reja bo‘yicha biz “O‘zbekenergo”ga har kuni 51 million kubometr tabiiy gaz yetkazib berishimiz lozim bo‘lsa, hozir 52—53 million kubometr beryapmiz. Sovuqlar, elektr energiya iste’molining qo‘shimcha iste’moli va zaxiralarning qisqarishi sabab Farg‘ona vodiysiga uzatilayotgan gazning bosimi pasaydi”, — dedi u.

    AGTKSlarga to‘xtalinadigan bo‘lsa, u yerlarga ma’lum bir — 6, 7, 12 kg/kv.sm. bosimda ishlaydigan kompressorlar o‘rnatilgan. Bosimning birdan tushib ketgani bois, stansiyalardagi kompressorlar ham ishlay olmayapti.

    So‘nggi yillarda AGTKSlarning egalari O‘zbekistonga past gaz bosimida — 1 dan 3 kg/kv.sm.gacha bo‘lgan bosimda ishlay oladigan kompressorlarni olib kiryapti. “Biz ‘gaz-zapravka’larni gaz ta’minotidan to‘liq uzib qo‘yganimiz yo‘q. Ularning ish vaqti hokimliklar va hududiy gaz ta’minoti korxonalari bilan kelishilgan holda ‘zapravka’larning rahbarlari tomonidan soat 20:00 dan 6:00 gacha cheklangan. Gaz jadval bo‘yicha berilyapti. Ba’zi hududlarda elektr ta’minoti bo‘lmasligi mumkin, u holda ‘zapravka’ gaz bo‘lsa ham ishlamaydi”, — deya tushuntirdi “O‘ztransgaz” vakili.

    Ayni vaqtda katta yo‘llar yoqasidagi gaz to‘ldirish stansiyalari yopilayotgani yo‘q. “Trassalardagi navbatlarning sababi — ‘zapravka’larning gaz bosimi past bo‘lgan vaqtda ishlay olmasligidandir”, — deya qayd etib o‘tdi Erkaboy Aliyev.

    O‘zbekistonda AGTKSlar soin 2016-yildagi 508 tadan hozirga kelib 692 tagacha ko‘paygan, ‘zapravka’lar orqali gaz iste’moli hajmi esa 1,9 milliard kubometrdan 2,6 milliard kubometrgacha oshgan. 1-dekabr holatiga ko‘ra, iste’molning eng ko‘p hajmi Andijon (270,9 million kubometr), Namangan (321,5 million kubometr) va Farg‘ona (292,7 million kubometr) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Muammolar asosan Farg‘ona va Andijon viloyatlarida kuzatilmoqda. Hozir qo‘shimcha gaz yetkazib berish boshlangan. Ular avval, shartli aytadigan bo‘lsa, 10 ming kubometr gaz olgan bo‘lsa, hozir 15—20 ming kubometrdan olyapti. Qish oxirigacha bunday holatlar ortiq takrorlanmasligi kerak, chukni Yangi yildan resurs qayta tiklanadi va yangi norma belgilanadi”, — deya ta’kidladi Erkaboy Aliyev.

    Ustun mavqega ega iste’molchilar

    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi qaroriga muvofiq, tabiiy gaz birinchi galda maishiy iste’molchilarga, xususan, oilaviy korxonalarga, shuningdek, strategik ahamiyatga ega va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga birinchi galda yetkazib berilishi kerak. “Bu — aholi va ‘O‘zbekenergo’. Qolgan tashkilotlar kategoriyalarga bo‘linadi. ‘Gaz-zapravka’lar ushbu ro‘yxatga kirmaydi, lekin mamlakatda benzin ham bor”, — deya tan oldi Erkaboy Aliyev.

    Bundan tashqari, hukumatning 2008-yil 24-dekabrdagi qarori bilan, O‘zbekistonda tabiiy monopoliya subyektlari xizmat ko‘rsatishi majburiy bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxati tasdiqlangan.

    “Bunda birinchi galda — aholi. So‘ng ijtimoiy soha obyektlari — kasalxonalar, bolalar bog‘chalari, maktablar, oliy ta’lim muassasalari va boshqalar. Bizga birinchi galda aynan ushbu kategoriyalarni gaz bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgani bois, biz boshqa iste’molchilarni gaz ta’minotidan uzishga va ularni zaxira yoqilg‘isiga o‘tkazishga majburmiz”, — dedi “O‘ztransgaz” boshqarma boshlig‘i.

    Zaxira yoqilg‘isi haqida gapirarkan, Erkaboy Aliyev Vazirlar Mahkamasining qaroriga to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha har bir iste’molchi bilan tuzilayotgan shartnomada “O‘ztransgaz” tomonidan gaz-transport tizimining resurslari va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan respublika hududlariga gaz yetkazib berish bo‘yicha bir oylik miqdorlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim.

    Sovuqlar vaqtida iste’molchilar va “O‘zbekenergo”ning stratetik tashkilotlarini gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida mavsumiy iste’molchilar yoqilg‘ining zaxira ko‘rinishlariga o‘tkaziladi.

    “Shartnoma tuzish vaqtida iste’molchilar yoqilg‘ining uch oylik ehtiyojni qondirishga yetadigan kamaymaydigan zaxirasiga ega bo‘lishlari va sovuq tushgan davrda undan foydalanishga o‘tishlari lozimligi haqida ogohlantiriladi. Masalan, issiqxonalarni olaylik — agar gaz-transport tizimida uzilish yuz bersa, u mahsulotlarini yo‘qotib, zarar ko‘rmasligi kerak. Ular oldindan ogohlantirilishi lozim”, — dedi “Gazeta.uz” suhbatdoshi.

    Prezidentning 2018-yil 12-iyuldagi qaroriga muvofiq, viloyatlar hokimliklariga ehtiyojdan kelib chiqib 2018—2019 yilgi kuz-qish mavsumida elektr va gaz ta’minotidan uzilmasligi lozim bo‘lgan kategoriyalashtirilgan va alohida muhim ob’ektlar ro‘yxatini tasdiqlash haqida topshiriq berilgan.

    “Aholi birinchi kategoriyaga kiradi, so‘ng — strategik obyektlar, undan keyin — eksport tashkilotlari. Bu vaqtda boshqa — uchinchi kategoriya iste’molchilari gaz ta’minotidan uziladi va ulardan zaxira yoqilg‘isiga o‘tish talab etiladi. Bu, odatda, havo harorati -10...-5 daraja bo‘lanida kuzatiladi. Ular o‘zlarini zaxira yoqilg‘isi bilan ta’minlashlari kerak. Bu narsa ularni, birinchi galda, iqtisodiy jihatdan himoya qiladi”, — deya qayd etib o‘tdi “O‘ztransgaz” vakili.

    Gazning uzoq yo‘li

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Erkaboy Aliyevning aytishicha, Farg‘ona vodiysining joylashuvi ham gaz bosimining pasayib ketishiga yana bir sababdir.

    “Quvvatni oshirish uchun zaxira bor, biroq Farg‘ona vodiysi qolgan shaharlardan uzoqda joylashgan. Hozir Qarshidan yetkazib berilayotgan gaz Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Toshkentdan o‘tib, so‘ng Farg‘ona vodiysiga yetib boradi. Avval bu hududlar gazga to‘yadi, keyin — vodiyga o‘tadi”, — dedi u.

    Farg‘ona vodiysi tomon alohida gaz quvurlarini yotqizish haqidagi savolga Aliyev Sovet Ittifoqi davrida ishlagan alohida gaz ta’minoti liniyalarini eslab o‘tdi. “Avvallari, SSSRda Tojikiston va Qirg‘izistondagi Shimoliy So‘x orqali o‘tgan alohida liniyalar bo‘lgan. Adashmasam, hozirda bu masala bo‘yicha va ushbu yo‘llarni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda”, — dedi “O‘ztransgaz” boshqarma boshlig‘i.

    Yana bir muammo — gaz qayta ishlash zavodlari avvaldan rejalashtirilgan hajmda gaz qazib olmayapti. “Masalan, siz ‘mana bu quduqdan 10 ming kubometr gaz qazib olamiz’, deb prognoz qilgansiz, biroq yakunda quduqning haqiqiy quvvati atigi 5000 kubometr bo‘lib chiqadi”, — dedi u.

    Ishga tushish arafasidai yangi investitsiya loyihalarini ham qo‘shib hisoblaganda, 2019-yilda O‘zbekistonda gazga bo‘lgan ehtiyoj 2018-yildagiga nisbatan 20 foizga oshadi.

    29.12.2018, 23:31   Izoh (0)   87815
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda yuz bergan yong‘in oqibatida bir xonadon kelini yonib ketdi

    29.12.2018, 22:53

    O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida qor yog‘maydi

    29.12.2018, 22:33

    O‘zbekistonda afsun va diniy marosimlar orqali kasalliklarni davolash xalq tabobati hisoblanmasligi rasman tasdiqlandi

    29.12.2018, 22:32

    Qorako‘lda olti kishi 130 mln so‘mlik kabellarni o‘g‘irlab ketdi

    29.12.2018, 22:11

    UMS’ning nomi Mobiuz deb o‘zgartiriladi

    29.12.2018, 22:11

    Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator bo‘ldi

    29.12.2018, 21:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    2030-yilga kelib Xitoyda parvoz qiluvchi yo‘nalishli taksilar qatnay boshlaydi

    Dunyo | 22 may, 19:50

    Yoshlar orasida eng ko‘p uchrayotgan 5 xil saraton

    Maslahatlar | 22 may, 19:40

    Hindistonda jala va do‘l tufayli besh kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 22 may, 19:20

    O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

    O‘zbekiston | 22 may, 19:11

    Butun dunyo bo‘ylab ukrainalik 7 mln qochqin qayd etilgan — BMT

    Dunyo | 22 may, 19:00

    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

    Reklama | 22 may, 18:00

    O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti obyektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

    O‘zbekiston | 22 may, 18:50

    Jahon estradasining so‘nggi 5 yillikdagi top-5 ta hiti

    Musiqa | 22 may, 18:45

    Sirdaryoda rashkchi erkak yuziga niqob taqib mahalla raisini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 may, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.