O‘zbekistonda Forish hamda Nurota tumanlarini bog‘lovchi temir yo‘l quriladi. Bu “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorda qad etilishicha, Vazirlar Mahkamasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax viloyatining Forish tumanini Navoiy viloyatining Nurota tumani bilan bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘ini qurish masalasini har tomonlama o‘rganib chiqadi.
O‘rganishlar natijasi bo‘yicha Prezident Administratsiyasiga mazkur masala yuzasidan asoslantirilgan takliflar kiritiladi.
Izoh (0)