Hindistonlik rassom Sudarsan Patnaik qumdan Puri Odishi plyajida ulkan qorbobo yasadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Haykalga 800 tonna qum va 10 mingta plastik butilka ketgan. Unga “O‘zgarishlarga tayyor” va “Plastikdan ifloslanish ustidan g‘alaba qil” xeshtegi yozilgan. Rassom shu tariqa odamlarning e’tiborini atrof-muhit himoyasiga qaratishga uringan.
Haykalni yaratishda unga mahalliy talabalar yordam bergan. Barcha ishlatilgan plastik butilkalar keyin qayta ishlanadi.
Izoh (0)