26-dekabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi doirasida 18-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Turning birinchi o‘yinida “Milan” “Frozinone” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan 16:30 da start beriladi.
Musobaqa jadvalida yetakchilikni mustahkamlagan “Yuventus” safarda “Atalanta” bilan bahs boylaydi. O‘yin 19:00 da boshlanadi.
Rimning “Roma” klubi o‘z uyida “Sassuolo”ni qabul qiladi. O‘yin 22:00 da boshlanadi.
Turning so‘nggi hamda markaziy o‘yini musobaqa jadvalida 2 va 3-o‘rinlarni egallab turgan jamoalar — “Inter” va “Napoli” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. To‘qnashuv tunggi soat 00:30 da o‘tkazilishi belgilangan.
Musobaqa jadvalidagi 17-turdan keyingi holat:
A Seriya
18-tur bahslari
26-dekabr, chorshanba
“Frozinone” — “Milan” 16:30
“Atalanta” — “Yuventus” 19:00
“Sampdoriya” — “Kyevo” 19:00
“Fiorentina” — “Parma” 19:00
“Kalyari” — “Jenoa” 19:00
“Bolonya” — “Latsio” 19:00
“Torino” — “Empoli” 22:00
SPAL — “Udineze” 22:00
“Roma” — “Sassuolo” 22:00
“Inter” — “Napoli” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)