• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qurilayotgan arzon uy-joylar sifati o‘zbekistonlik deputatlarning qizg‘in munozarasiga sabab bo‘ldi

    2018-yil 25-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan navbatdagi “Hukumat soati”ga quyi palatadagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusi bilan “Shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida”gi masala kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mazkur masala yuzasidan deputatlar savollari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev atroflicha ma’lumot berdi.

    2018-yilda jami 13 917 ta xonadonli 335 ta uy-joy qurilishi rejalashtirilgan edi. Shuningdek, davlat rahbarining hududlarga tashriflari chog‘ida bergan topshiriqlariga asosan esa qo‘shimcha 90 ta uy bunyod etilishi belgilangan. Shulardan 79 ta ko‘p qavatli uy-joy foydalanishga topshirilgan. Qolganlarida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

    Davlat rahbarining 2018-yil 18-yanvardagi “2018 yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq esa aholi uchun jami 16 360 ta arzon uy qurilishi belgilangan. Shundan 5 942 tasida qurilish-montaj ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgan.

    Bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgan, qurilish tashkilotlari uchun qator imtiyozlar berilayotgan bir paytda ko‘plab kamchiliklar ham uchrab turgani “Hukumat soati”da ta’kidlab o‘tildi.

    Deputatlar aholini uy-joy bilan ta’minlash, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, shuningdek, hududlarda bunyod etilayotgan uylar atrofida infratuzilmalarni yaratish borasidagi masalalar, odamlarni o‘ylantirayotgan muammolar xususida jiddiy savollar bilan murojaat etdilar. Ayniqsa, deputatlarning e’tiroziga sabab bo‘lgan masala — Toshkent, Sirdaryo, Navoiy hamda Xorazm viloyatlarida qurilishi rejalashtirilgan 4539 ta uy-joydan bugungi kungacha birortasi ham foydalanishga topshirilmaganiga izoh so‘raldi.

    Deputatlarning fikricha, uy-joy qurilishi borasida topshiriqlar ijrosini muddatidan oldin bajarish, hisobotlardagi statistikaning ijobiy bo‘lishini ta’minlash ilinjida mahalliy hokimliklar tomonidan ham bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Chuqur o‘ylanmasdan, tegishli xulosalar asosida ish olib borilmasligi ba’zi hududlarda qurib bitkazilayotgan uy-joylarga aholini joylashtirishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

    Vazir deputatlar savollariga javob qaytarar ekan, bunday holatlarga nisbatan vazirlik va tegishli inspeksiya tomonidan ham jiddiy nazorat olib borilayotgani, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga nisbatan choralar ko‘rilayotganini qayd etdi. O‘z navbatida, nazorat qiluvchi va qurilish obyektlarini qabul qilib oluvchilarning ham mas’uliyatini oshirish yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.

    “Hukumat soati” doirasida berilgan savol-javoblardan kelib chiqib, deputatlar tomonidan vazirlik faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qator fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Xususan, uy-joy qurilishi sohasidagi 27 yil avval ishlab chiqilgan, hozirda mutlaqo talabga javob bermaydigan normativlarni butkul yangidan ishlab chiqish, shuning barobarida O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini bugungi kun nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish tavsiya qilindi.

    Yig‘ilish yakunida aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini olib borishga kelishib olindi.

    26.12.2018, 07:12   Izoh (0)   36518
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hududlarga biriktirildi

    25.12.2018, 23:45

    O‘zbekistonda xususiy tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi

    25.12.2018, 23:28

    Andijon markazida 600 ga yaqin Qorbobo yig‘ildi (foto)

    25.12.2018, 22:49

    O‘zbekistondagi hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi

    25.12.2018, 22:28

    Sirdaryoliklarning Orolbo‘yi aholisiga bayram tuhfasi yuklangan avtokarvon yo‘lga chiqdi

    25.12.2018, 21:33

    O‘zbekistonda UMS hukumat mobil aloqasi operatoriga aylanadi

    25.12.2018, 21:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Varikoz muammosi: kasallikni oldini olish va davolash bo‘yicha flebolog tavsiyalari

    Ayollar sahifasi | 11 avgust, 20:35

    “Rossiya va AQSH sammitidan qat’i nazar, Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish davom etadi” — NATO bosh kotibi

    Dunyo | 11 avgust, 20:21

    Bolaga zarar yetkazmasin: maktab sumkasini qanday tanlash kerak?

    Maslahatlar | 11 avgust, 19:55

    Qoraqalpog‘istonda fuqaro harakatdagi mashina ustida raqsga tushdi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 19:40

    Tramp Obama va Bushlarning portretlarini Oq uyning yopiq qismiga ko‘chirdi

    Dunyo | 11 avgust, 19:28

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 11 avgust, 18:00

    O‘zbekistondagi barcha korxona va tashkilotlar soni maʼlum qilindi

    Iqtisodiyot | 11 avgust, 19:15

    Rodrigo “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin — Romano

    Sport | 11 avgust, 19:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.