Prezidentning tegishli qarori bilan O‘zbekistonda 2019 — 2022-yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi va dasturi tasdiqlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Bu muddat davomida nimalarga erishiladi? Buni Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi tomonidan keltirilgan quyidagi raqamlar bilan izohlash mumkin:
Aholining meva va sabzavotlarni iste’mol qilish hajmi 15 foizga oshadi;
Osh tuzining iste’moli 15 foiz, alkogol va tamaki mahsulotlar iste’moli 10 foizga kamayadi;
Noinfeksion kasalliklarni davolash, tibbiyot muassasalarini diagnostika uskunalari va dorilar bilan ta’minlash darajasi 50 foizga yetadi;
Yuqori xavfli va noinfeksion kasalliklarga chalingan bemorlarning kamida 50 foizi tegishli terapiya va konsultatsiyalar bilan ta’minlanadi;
Aholining yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklardan erta o‘limi 10 foizga kamayishiga erishiladi.
Izoh (0)