100 mingdan ziyod kishi Uolt Disney kino kompanyasidan “Qirol sher” multfilmidagi “hakuna matata” iborasiga mualliflik huquqidan voz kechishni talab qilib petitsiya imzoladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Suahili tilida u “hech narsadan tashvishlanma” degan ma’noni anglatadi.
Petitsiya tarafdorlari ushbu ibora uchun mualliflik huquqini G‘arbliklarning Afrika manbalariga “mustamlakachilik va o‘g‘irlik” bilan taqqosladi.
Suahili — Sharqiy Afrikada 150 millionga yaqin odamlar so‘zlashadigan til. U Keniya, Tanzaniya, Uganda, Kongo Demokratik Respublikasi, Mozambik va Janubiy Afrikada qo‘llaniladi.
Petitsiya muallifi Shelton Mpalaning so‘zlariga ko‘ra, til tashuvchilari Disney kompaniyasining harakatlaridan hayratga tushgan.
“Qirol sher” 1994-yilda chiqarilgan bo‘lsa-da, kompaniya 2003-yilda ushbu iboraga mualliflik huquqini qo‘lga kiritdi, janjal esa hozir chiqdi.
Buning sababi, keyingi yilda “Qirol sher”ning rimeyki chiqqani bilan bog‘liq edi.
Izoh (0)