Taniqli san’at arbobi, aktyor, Lohutiy nomli Tojik davlat akademik drama teatrining sobiq direktori Iso Abdurashidov 15-dekabr kuni 71 yoshida Dushanbeda vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Artist bilan vidolashuv va dafn marosimi 16-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Iso Abdurashidov 1947-yilda tug‘ilgan. Davlat teatr san’ati instituti (B.Bibikov va O.Pijova ustaxonasi)ni tamomlagan. Kinoda 20 dan ortiq rol ijro etgan. “Millat dramasi” filmida Stalin rolini o‘ynagani bois, ko‘pchilik uni tojik Stalini, deb atardi. Aktyor shuningdek, “Aeroportdagi hodisa”, “Shoqollar uchun qopqon”, “Muhabbat iztirobi”, “Garovdagi”, “Kobra operatsiyasi” va boshqa filmlarda ishtirok etgan.
Iso Abdurashidov uzoq yillar mobaynida Lohutiy nomli teatrga rahbarlik qilgan va 2008-yilda nafaqaga chiqqan.
Izoh (0)