AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegarada o‘rnatiladigan po‘lat to‘siq konstruksiyalar variantlaridan birini ma’qulladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Po‘lat to‘sig‘imiz dizayni ham samarali, ham chiroyli”, —deya qayd etgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
21-dekabr kuni AQSh Kongressi vakillar palatasi Meksika bilan chegarada devor barpo etishga 5,7 milliard dollar ajratishni ko‘zda tutuvchi vaqtinchalik budjetni qabul qildi. Mazkur budjetni endi Senat tasdiqlashi kerak.
Izoh (0)