• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonliklarning yarmidan ko‘pi 2018-yilda o‘zlarining moddiy ahvoli yaxshilanganini ta’kidladi

    “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “O‘zbekiston: jamoatchilik fikri – 2018” mavzuida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi. Unda fuqarolarning O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy o‘sish sur’ati haqidagi fikrlari, Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida erishilgan natijalardan qoniqqanlik darajasi o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    So‘rovda shahar va qishloqlarda istiqomat qiluvchi, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan 18 va undan katta yoshdagi turli millat, ijtimoiy guruhlar vakillari ishtirok etdi.

    So‘rov natijalari Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili mamlakat fuqarolari uchun barqaror va muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rsatdi. Fuqarolarning aksariyati (87,4 foiz) O‘zbekiston uchun iqtisodiy faollik davri boshlandi, deb hisoblaydi. Tadqiqot ishtirokchilarining fikricha, 2018-yilda mamlakat hayotida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar, birinchi navbatda, davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan hamda zamonaviy xatar va tahdidlarga javob berishga qodir bo‘lgan, har bir fuqaro va butun jamiyat manfaatlari ifoda etilishini ta’minlaydigan iqtisodiy va siyosiy islohotlar bilan bog‘liq.

    So‘rov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchilik aholi mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish va kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalarini ijobiy baholamoqda.

    Jamoatchilik fikri bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, mamlakat fuqarolarining aksariyati (99,2 foiz) O‘zbekistonda yuritilayotgan milliy siyosatni millatlararo va fuqarolararo totuvlikning asosi, deb biladi.

    82,1 foiz ishtirokchining fikricha, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada jadallashtirish uchun ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    88,9 foiz respondent mamlakatning jahon hamjamiyatidagi nufuzi oshgani, xorijiy davlatlar, xalqaro siyosiy yetakchilar, dunyodagi nufuzli tashkilotlar bilan har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik rivojlanganini yakunlanayotgan yilda O‘zbekistonning tashqi siyosatda qo‘lga kiritgan eng asosiy yutug‘i, deb hisoblaydi.

    So‘rov 96,3 foiz o‘zbekistonliklar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sud-huquq tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatdi. So‘rovnomada qatnashgan 81,4 foiz fuqaro uy-joy qurilishining faollashishi, shahar va qishloqlar yanada obod bo‘layotgani, aholining arzon uy-joylar bilan ta’minlanishi bu yilda ijtimoiy sohadagi eng muhim yutuqlardan biri ekaniga ishonch bildirgan.

    78,1 foiz ishtirokchi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarining amalga oshirilishi fuqarolarning turar joy bilan bog‘liq va ijtimoiy muammolarini hal etishga yordam berdi, 76,7 foizi esa poyoniga yetayotgan yilda madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish, aholini milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari bilan tanishtirish, milliy madaniyat va ma’naviy merosni, tarixiy obyektlarni asrab-avaylash, teatr va muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ilm-fan, madaniyat, tasviriy san’at, adabiyot, teatr va musiqa arboblarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi, degan fikrda.

    So‘rov natijalari fuqarolarning 2018-yilda ta’limning barcha bosqichlaridagi muammolarni hal etish, jamiyatda pedagoglar nufuzini oshirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonga zamonaviy innovatsion o‘qitish uslublari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o‘quv dasturlari tizimi va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, ilm-fanning ishlab chiqarishga integratsiyasini kengaytirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar amalga oshirildi, degan yakdil fikrini ko‘rsatdi.

    Tadqiqot jarayonida 61,8 foiz ishtirokchi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarga yuqori baho berdi. Ularning fikricha, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi bu borada muhim rol o‘ynaydi.

    Ishtirokchilar shuningdek, sud-huquq sohasidagi ijobiy o‘zgarishlarni ham qayd etdi. Bu boradagi ishlar samarasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, mahallalar va xotin-qizlar qo‘mitalari kafilligi ostida bilmasdan jinoyat sodir etgan, qilmishidan astoydil pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan fuqarolar, jumladan, yoshlar, xotin-qizlar, keksa yoshdagilar jazodan ozod etildi. Fuqarolarning fikricha, amalga oshirilayotgan ishlar o‘zbek xalqining insonparvarlik an’analari, kechirimlilik, muhtoj fuqarolarga mehr va e’tibor ko‘rsatish yo‘lidagi intilishlarga to‘la mos keladi.

    Ko‘pchilik fuqarolar mamlakatda samarali va sifatli faoliyat yuritadigan davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, hokimiyatning barcha bosqichlarida tartibli faoliyatni yo‘lga qo‘yish, aholining davlat boshqaruvi tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholaydi.

    So‘rovda qatnashgan fuqarolarning yarmidan ko‘pi 2018-yilda o‘zlarining moddiy ahvoli yaxshilangani, oila byudjetidagi kirimlar umumiy hajmi oshganini qayd etdi. Tasdiqlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning daromadlari oylik maosh, pensiyalar ko‘tarilgani, tomorqada yetishtirilgan hosil, chorva mollari, tovuq, sut mahsulotlarini sotishdan tushgan, tadbirkorlik, fermerlik faoliyatidan olingan foyda hisobidan oshgan.

    Tadqiqot davomida 2018-yil mobaynida fuqarolar daromadlarining o‘sishi bilan birga, ularning sarf-xarajatlari va ehtiyojlari ham ko‘paygani aniqlandi. Fuqarolar ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy va oilaviy tadbirlarga tashrif buyurish uchun ko‘p mablag‘ sarflay boshlagan.

    Tadqiqot jarayonida aholining eng dolzarb muammolari aniqlandi. So‘rov ishtirokchilarining 62,7 foizi bandlik va ishga joylashish, samarali mehnat bozorini shakllantirish muammolarini hal etishni kuchaytirish lozim, deb hisoblaydi. Kommunal xizmatlar narxlarining oshishi, aholi migratsiyasi, toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatining chegaralangani shular jumlasidandir.

    So‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, aksariyat aholi iqtisodiy islohotlar fuqarolarning kelgusidagi farovonligiga ta’sir ko‘rsatadi, deb ishonadi. Tadqiqot ishtirokchilarining 73,8 foizi 2019-yilda fuqarolarning moddiy ahvoli yanada yaxshilanadi, degan qat’iy fikrda.

    Umuman olganda, fuqarolar 2018-yilni ijobiy baholamoqda. So‘rov qatnashchilarining aksariyati kirib kelayotgan yangi yilda O‘zbekiston erishilgan natijalarni saqlab qolish bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot yangi sifat bosqichiga ko‘tariladi, degan fikrda.

    Jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov mamlakat aholisining aksariyati (95,6 foizi) Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatni yanada rivojlantirish va yangilash, jamiyatda o‘zaro hurmat, millatlararo totuvlik muhitini shakllantirish, har bir fuqaroning huquq va manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishiga yo‘naltirilgan siyosatini ma’qullaydi va qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqot yordamida mamlakat fuqarolarining davlat rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalar va belgilangan maqsadlarni amalga oshirish va ularni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklari aniqlandi.

    21.12.2018, 19:46   Izoh (0)   12739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritish tartibi belgilandi

    21.12.2018, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirishimiz zarur

    21.12.2018, 19:22

    O‘rta Osiyo yeparxiyalari Poroshenkodan O‘zbekiston ishlab chiqqan BMT rezolyutsiyasiga rioya qilishni so‘radi

    21.12.2018, 19:10

    O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida taqiqlangan narsalar ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritiladi

    21.12.2018, 18:47

    Prezident Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    21.12.2018, 18:23

    “Maxsustrans” toshkentliklardan chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha xizmatlarga oldindan to‘lamay turishni so‘radi

    21.12.2018, 18:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02

    Buni eshitish og‘riqli: baxtsiz bolalar aytadigan 7 ibora

    Maslahatlar | 14 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.