Braziliya Bosh prokurori Rakel Dodj mamlakat prezidenti Mishel Temerni korrupsiyada aybladi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, prezident matbuot xizmati uning aybsizligini isbotlab beradi. Biroq, parlament quyi palatasi mamlakat rahbarining ishini sudga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilsa, prezident sudda javob berishiga to‘g‘ri keladi.
Parlament qaror qabul qilinsa, prezidentning ishi 2019-yilning 1-yanvarida ko‘rib chiqiladi.
Braziliya prezidentiga korrupsiya bo‘yicha ayblovlar bir necha marotaba e’lon qilingan. Sentabrda mamlakat politsiyasi prokuraturaga prezident Globo qurulish kompaniyasidan pora olgani haqidagi hujjatlarni topshirgan.
2017-yilning iyunida go‘shtni qayta ishlaydigan JBS korxonasidan $150 ming dollar pora olganlikda gumon qilingan, biroq parlament ishni sudga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilmagan.
Izoh (0)