Anqara Bosh prokuraturasi 17-dekabr kuni Turkiyada taqiqlangan fathullachilar terrorchilik tashkiloti (FETO) foliyatiga dahldor 64 nafar harbiyni qo‘lga olish bo‘yicha order berdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Gumondorlarni qo‘lga olish operatsiyasi 2016-yilda Turkiyada davlat to‘ntarilishiga urinish bilan bog‘liq tergov ishlari doirasida amalga oshirilmoqda. Gumondonlar orasida 35 nafar Respublika quruqlikdagi qo‘shinlarning serjantlar tarkibi vakillari hamda 29 nafar jandarmiya qo‘mondonligidan serjantlar bor.
Ulardan ayrimlari FETO imomlari bilan doimiy aloqa qilganlikda ayblandi.
2016-yilning 15-iyul kuni Turkiya harbiy kuchlari askar va ofitserlardan iborat bir guruh shaxslar Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qo‘lga olish va davlat to‘ntarilishini amalga oshirishga harakat amalga oshirgan.
Asosiy qarama-qarshilik Istanbul va Anqarada sodir bo‘lgan, 250 kishi halok bo‘lgan. Anqara davlat to‘ntarilishiga urinishda FETO’ni ayblamoqda.
FETO’ga ko‘mak berganlik bo‘yicha Turkiyada minglab odamlar jazoga tortilgan.
Izoh (0)