KVN ning doimiy hay’at a’zosi Yuliy Gusman teleboshlovchi Aleksandr Maslyakovning moddiy ahvoli haqida gapirdi. Bu haqda “TVS” xabar berdi.
Gusman Maslyakov kambag‘al odam emasligini, ammo boshlovchi bularning hammasiga o‘z mehnati bilan erishganini qayd etdi.
“Uning dasturi barcha reytinglarni zabt etgan. Maslyakov hammasiga o‘zi erishgan. Uning hashamatli uyi, xorijiy avtomobillari va uylariga hasad qilmasangiz ham bo‘ladi”, — deydi Gusman. Shu bilan birga Maslyakovning poytaxt markazi va Rublyovkada uyi bor.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalari tomonidan KVN bir mavsumda a’zolik badallaridan 220 ming AQSh dollar yig‘ishini yozgan.
Izoh (0)