Shved OAVlari O‘zbekiston va Qirg‘izistondan bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlanayotgan yirik teraktning oldi olinganligi haqida yozmoqda. Bu haqda EADaily xabar berdi.
Jinoyatchilar 2018-yilning bahorida qo‘lga olingan, ammo shved jamoatchiligi bu haqda mamlakat xavfsizligi bo‘yicha politsiya boshlig‘i Klas Friberganing intervyusidan so‘ng bildi.
Maxsus xizmat rahbari 2018-yilning bahor va yoz oylari boshida Stokgolmning Akalla tumani va Stryomsund shahrida reyd o‘tkazganligini ma’lum qildi.
Operativ-tergov tadbirlarida terrorchilik aktini tayyorlanayotganlikda gumon qilingan asli kelib chiqishi O‘zbekiston va Qirg‘izistondan bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi.
Dastlabki tergov ishlari alohida maxfiylik bilan qariyb sakkiz oy davom etdi.
“Bu juda jiddiy masala va men ishning xotimasini xavfga qo‘ymoqchi emasman, ammo aniqlaganlarimizga tayanib, biz terrorchilik aktini oldini oldik deya olaman”— dedi politsiga boshlig‘i.
Izoh (0)