Eron Islom Respublikasining Tehron shahridagi muzeyda Qur’oni karimning XII asrga tegishli nusxasi namoyish etildi. Bu haqda “Muslim.uz” xabar berdi.
16-dekabr kuni Reza Abbosiy muzeyida tadqiqotchilar va qo‘lyozma mutaxassislari ishtirok etgan anjumanda qadimiy Mus’haf ko‘zdan kechirildi.Ushbu nusxa 1150-yilga tegishli bo‘lib, xattot Abul Fahr ibn Abilfazl al-Zafaroniy tomonidan ko‘chirilgan va unga Zafaroniy nusxasi deb nom berilgan.
Izoh (0)