Kelasi hafta O‘zbekistonda havo sovib ketadi, deb xabar bermoqda Repost.
17-dekabr, dushanba kuni kunduzi havo harorati 10 daraja iliqni tashkil etadi, biroz yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Ammo 18-dekabrdan boshlab harorat keskin tushadi. Xususan, 18—19-dekabr kunlari havo 3—8 daraja iliqqacha soviydi, 19-dekabrda esa kunduzgi harorat 0—5 darajaga teng bo‘ladi.
18—19-dekabr kunlari va kelasi yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida qor va yomg‘ir kutiladi. Hafta o‘rtasida tuman tushadi. 17—19-dekabrda havo harorati kunduzi 3 daraja sovuqqacha pasayadi. Kechasi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutiladi.
Izoh (0)