• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Pensiya yoshi ayollar uchun 58, erkaklarga esa 63 yosh bo‘ladimi?

    O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tashabbusi bilan Milliy matbuot markazida davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish konsepsiyasi mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: “Zamin.uz”

    Foto: “Zamin.uz”

    Nafaqa oluvchilarning yoshini belgilash, tegishli tartibda pensiya to‘lovini joriy etish bugun barchani qiziqtirayotgan masalaga aylandi. Bildirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, pensiya fuqarolarning umr kechirish yoshiga nisbatan belgilanishi manba sifatida olinadi. Ya’ni, umrguzaronlik erkaklar 71 yosh, ayollar 76 yoshgacha bo‘lsa, o‘rtacha 73 yil ekanligi qayd qilingan. Pensiya yoshi ayollar uchun 58, erkaklarga esa 63 yosh bo‘lishi mumkin.

    Pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlashda daromad va xarajat muhim manba hisoblanadi. Ya’ni, har bir ishchi-xodimning ish haqidan “Xalq banki”da ochilgan jamg‘arib boriladigan daftarchaga muayyan miqdorda mablag‘ o‘tkaziladi. Fuqaro pensiya yoshiga yetgach, jamg‘armada to‘plangan pul taqsimlanib, oyma-oy to‘lab boriladi. 2018 yilning 10 oyligi davomida tushumlar ijrosi 19 240,5 milliard so‘mni tashkil etdi.

    Boshqacha aytganda, bu belgilangan puldan ko‘p. Pensiya va nafaqa oluvchilarning oylik to‘lovlarini oshirish imkoni mavjud, ammo pensiya va nafaqa oluvchilar soni sog‘ligini yo‘qotganlik, baxtsiz hodisa, tasodifiy falokat sabab nogironlik nafaqasiga chiqayotgan, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam yildan-yilga oshib borayotgani hisobga olinsa, pensiya miqdorini “bir zarb bilan” oshirishning imkoni yo‘qligi seziladi. Mazkur yilning 10 oyi davomida 244 225 nafar fuqaro qo‘shimcha ravishda pensiya va ijtimoiy nafaqa ola boshladi.

    Prezidentning 2017-yil 28-dekabrdagi “Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning alohida toifalariga qulay sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, 2018-yil 1-yanvaridan 65 yosh va undan oshgan hamda 2010-yilga qadar pensiya tayinlangan fuqarolarni nafaqasida aniqlangan ortiqcha to‘lovlar qarzdorliklari hisobdan chiqarildi, ulardan undirilmaydigan bo‘ldi hamda mazkur yilning yanvaridan 24 toifadagi ishlovchi pensioner ish haqi hamda pensiyasini 100 foiz miqdorda oladi.

    Aytilgani kabi, xarajatga nisbatan aholidan yig‘ilgan daromad tushumlari bir muncha ko‘p. Pensiya va nafaqa oluvchilarning oylik to‘lovlari summasi kelgusi yilda ham oshib boradi. Shuningdek, non va non mahsulotlarining narxi oshishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, “Pensiya” dasturi moduliga ko‘ra, mazkur yilning oktyabridan ayrim toifadagi pensiya va nafaqa oluvchilarga eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida har oylik non konpensatsiya puli to‘lovi joriy etildi. Pensiya va ijtimoiy nafaqa har oyning 10-sanasidan 27-gacha “Xalq banki” tomonidan to‘lanmoqda.

    Tadbirda aholidan tushayotgan shikoyatlarga ham to‘xtab o‘tildi. 2018-yilning o‘tgan davrida Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga 5925 nafar fuqarodan kelgan ariza, shikoyatlar muddatida hal etildi. Pensiya jamg‘armasining “Ishonch telefoni” orqali 754 nafar hamda Respublika Bosh prokuraturasining “Ishonch telefoni” orqali 198 nafar fuqarodan murojaatlar qabul qilingan, belgilangan tartibda joyiga chiqib o‘rganilib, ijrosi ta’minlangan.

    “Pensiya va ijtimoiy nafaqa to‘lovlariga oid qonun borligiga qaramay, ayrim xodimlarimizning o‘z mansabini suiiste’mol qilish holatlari uchrab turibdi, — deydi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Yorqin Tursunov. — Qonunni bilmaslik oqibatida aholi so‘roviga mas’uliyatsizlik bilan javob qaytarilgan.

    Amaldagi qonunda mehnat daftarchasi pensiyaga chiqish uchun asosiy hujjat ekanligi qayd etilgan, odamlarning arxivdan ma’lumotnoma olib kelishini talab qilish haqida gap-so‘z yo‘q. Bu ortiqcha qog‘ozbozlikdan boshqa narsa emas. Lekin, ba’zi inspektorlarimiz arxivdan ma’lumotnoma talab qilayotgani bor gap. O‘z kasbiga layoqatsizlik bilan yondashgan 5 ta xodimimizni ishdan bo‘shatdik, 184 nafariga xayfsan e’lon qildik. Maxsus o‘quv kurslari tashkil etdik. Shunga qaramay, jamg‘armamizda iqtidorli, yetuk, sohani yaxshi biladigan kadrlarga ehtiyoj katta”.

    Mehnat daftarchasida ish faoliyati davomida uzulishlar bo‘lishi tabiiy jarayon. Doimiy ish joyiga ega bo‘lmaslik, tomorqa mehnati yoki birovlarning xojatini chiqarish orqali daromad qilishi, ya’ni uy ta’mirlash, kirakashlik, bozorda arava tortish kabi masalalarga doir matbuot xodimlarining bergan savollariga Yorqin Tursunov quyidagicha javob berdi:

    “Hozirda mamlakat ichkarisida turib oilasini boqish uchun yollanma mehnat orqali daromad qilib, davlatga soliq to‘lamay, pul topayotganlar hamda xorijda ishlayotgan fuqarolarimizga nisbatan pensiyaga chiqishlarida yengillik yaratish maqsadida oldindan badal to‘lovlari joriy etildi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, xorijda mehnat qilayotganlar soni 2 million nafarni tashkil etsa, shundan 1,5 millioni Rossiyada ishlaydi. Hali bu ro‘yxatga olingani. Ichki va tashqi muhitda doimiy ish joyiga ega bo‘lmay, mehnat daftarchasi yuritilmasdan, yollanma mehnat qilayotgan fuqarolar bir minimal okladning 4,5 barborada jamg‘arma hisobiga mablag‘ kiritsa, bir yillik ish stajiga ega bo‘ladi. Shu tariqa to‘lovni amalga oshirsa, yoshga doir pensiyasini belgilangan tartibda oladi.

    1993-yilda qabul qilingan “Pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun eskirganligi sezilib qolayapti. O‘tgan davr mobaynida qonunga kiritilgan o‘zgarishlarni yana bir bor ko‘rib chiqish, xorij tajribasi asosida takomillashtirish, aholi manfaatlariga moslashtirish uchun takliflar ishlab chiqildi”.

    16.12.2018, 19:06   Izoh (0)   108420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi 8 ta bozorda bayramoldi savdo yarmarkalari tashkil qilindi

    16.12.2018, 18:36

    Toshkentdagi 505 ta mahallada ko‘ngillilar Qorbobo libosini kiydi

    16.12.2018, 18:21

    Toshkentda fuqaro mastligida opasini pichoqlab qo‘ydi

    16.12.2018, 18:00

    Farg‘onada go‘dak is gazidan vafot etdi

    16.12.2018, 17:45

    Toshkent viloyatida qoramol o‘g‘risi qo‘lga tushdi

    16.12.2018, 17:22

    Toshkentda xorazmlik talonchi qo‘lga olindi

    16.12.2018, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.