Jizzax viloyati Forish tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi X.T., Xalq banki tuman filiali xodimi Sh.X. hamda “Ipotekabank” Jizzax filiali xodimi R.R. o‘zaro til biriktirib amalga oshirgan qing‘ir ish fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zaro kelishgan elektr tarmoqlari korxonasi va bank xodimlari fuqarolardan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni naqd pul shaklda qabul qilib, abonent raqamlariga o‘tkazmasdan elektron kassa xotirasiga soxta raqamlar kiritgan. Tergovgacha surishtiruv davomida ular shu yo‘l bilan 2016—2018-yillar davomida jami 143 million 567 ming 800 so‘m miqdoridagi naqd pullarini o‘z ehtiyojlari uchun o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan uch tashkilotning uchala mas’ul xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)