14-dekabr, juma kuni o‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Rossiyaning Krasnodar shahrida faoliyatidagi navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Mazkur jangda Ergashevga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo bir necha kun oldin Shohjahonning raqibi o‘zgargan.
Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).
Jangga Krasnodardagi “Olimp” sport saroyi mezbonlik qiladi.
Izoh (0)