Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi “Sayyod“ mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Suvtushar qishlog‘ida 7-sinf o‘quvchisi 9-sinf o‘quvchini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda UZ24 xabar qildi.
Voqea kechki soat 20.00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Pichoqlangan 9-sinf o‘quvchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda uning ahvoli qoniqarli.
Suvtushar qishlog‘ilik fuqaro bergan ma’lumotlarga ko‘ra, pichoqbozlik dahanaki janjal tufayli yuzaga kelgan. O‘quvchilar bir-biriga yaqin qarindosh bo‘lgan.
Izoh (0)