• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonunchilik palatasida hukumat tomonidan kiritilgan qonun loyihasi deputatlar tanqidiga uchradi

    2018-yil 10-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Foto: Qonunchilik palatasi

    Majlis kun tartibiga mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari kiritilgan bo‘lsa-da, lekin yig‘ilish avvalida asosiy bahs-munozaralar 2019-yilga mo‘ljallangan budjet-soliq siyosati Konsepsiyasi ustida kechishi ayon bo‘ldi.

    Majlis arafasida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar dastlabki tarzda muhokama qilinganda ham deputatlar “2019-yilgi budjet-soliq siyosati Konsepsiyasi va 2020—2021-yillarga prognoz mo‘ljallari qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi xususida qator o‘rinli e’tirozlarini bildirdi.

    Qayd etilganidek, mazkur loyiha 2019-yilgi budjet va soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Budjet kodeksi, Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutadi. Qonun loyihasi 2019-reja yiliga budjet siyosati Konsepsiyasi va 2020—2021-yillar prognoz mo‘ljallarini amalga oshirish maqsadida qonunchilikdagi ayrim normalarning aniq qo‘llanilishi, budjetlararo munosabatlar va soliqqa tortish sohasidagi alohida masalalarini tartibga solishning zarur huquqiy sharoitlarini yaratishi lozim edi.

    Biroq ushbu qonun loyihasi parlament quyi palatasining qo‘mitalari, fraksiyalarida bo‘lib o‘tgan muhokamalarda deputatlarning bir qator savol va e’tirozlarini keltirib chiqardi.

    Oliy Majlis reglamentiga ko‘ra, budjetnoma tasdiqlangandan keyin u bilan bog‘liq bo‘lgan budjet-soliq siyosati haqidagi qonun loyihasi hukumat tomonidan parlament quyi palatasiga kiritilishi, palata qo‘mitalari hamda fraksiyalarida keng muhokama etilishi va qabul qilingach, 10 kun ichida senatga yuborilishi kerak. Deputatlar majlisda, avvalo, Vazirlar Mahkamasi tomonidan mazkur o‘ta murakkab va muhim qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga juda kechiktirib kiritilganiga e’tiroz bildirdi.

    Bundan tashqari, Prezident qabul qilinayotgan qonunlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi, unda havolaki normalar mutlaqo bo‘lmasligi lozimligi haqida bot-bot takrorlab kelayotgan bir paytda mazkur qonun loyihasida ko‘plab havolaki normaning mavjudligi deputatlarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

    Shuningdek, parlament vakillarining ta’kidlashicha, loyihaning 71-moddasida xronometraj o‘rganish, ya’ni tadbirkorlik subyektlarining naqd pul tushumi, ishlab chiqarish hajmi, tovar (ish, xizmat) realizatsiyasi xronometraji o‘tkazilayotgan davrda tushumlarning haqiqiy hajmini aniqlash maqsadida tovar (ish, xizmat)larni haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq tekshiruvi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘lishi qonunan belgilanayotgani amaliyotda bir qator muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

    Sababi, aksariyat ishlab chiqarish hajmi, tovar (ish, xizmat) realizatsiyasida mavsumiy holatlar mavjud bo‘lib, xronometraj o‘rganish ko‘p hollarda tushum ko‘paygan — mavsum ayni qizigan paytlarda o‘tkaziladi. Masalan, salqin ichimliklar bilan savdo qiladigan tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarishlar yoz jaziramasida, farmatsevtika firmalari qish chillasida xronometraj qilinishi tadbirkorlik subyekti egasiga nisbatan adolatdan bo‘ladimi? Holbuki, tabiiy sharoit, ya’ni “o‘lik” mavsumlarda tadbirkorlik subyektlarining tushumi kamayadi. Mazkur qonun loyihasida esa soliq to‘lovchida tovar (ish xizmat)lar realizatsiyasidan foyda kamayishi yuzaga kelgan hollarda bu harakat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik sifatida tasniflanishi belgilanayotgani deputatlarda e’tiroz uyg‘otdi. Vaholanki, bunga boshqa qator obyektiv va subyektiv omillar ham sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

    Shuningdek, parlament vakillari mazkur qonun loyihasi bilan soliq to‘lovchilarni mavzuli va ekspress-o‘rganishlar tartibi o‘rnatilayotgani haqida ham shunday mulohaza bildirdi. Ularning fikricha, mamlakatda qonunchilikni bosqichma-bosqich liberallashtirib, tadbirkorga kengroq imkoniyat va erkinlik yaratilayotgan bir paytda mazmun-mohiyati tekshiruvdan boshqa narsa bo‘lmayapti, lekin yangicha nomlangan normalarning “kashf” qilinishidan kim naf topadi? Bu kabi o‘rganishlarning joriy qilinishi tadbirkorlarning vaqtini olib, ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, xolos.

    Muhokamalarda qonun loyihasida belgilangan yana bir norma — hisobga olish, mavjud ma’lumotlar qonuniylik darajasini oshirish va o‘rganish orqali ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilar haqidagi ishonchli ma’lumotlarni to‘plash maqsadida o‘tkaziladigan soliq to‘lovchilarni pasportlashtirish — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to‘lovchining hududini, bino va inshootlarini, mol-mulkini o‘rganish hamda bu jarayonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari jalb etilishi mumkinligi ham keskin bahs-munozara keltirib chiqardi.

    Deputatlar e’tiroz bildirganidek, bu oddiy, kundalik jarayon bo‘lishi kerak emasmi? Shunchaki ro‘yxatga olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili nega kerak bo‘lib qoldi? Biz fuqarolik jamiyati qurishni targ‘ib qilayotgan bir paytda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi – mahalla bosh-qosh bo‘lishi kerak bo‘lgan mahalla hududida ham faollarning o‘zi ro‘yxatni tuzmasa to‘g‘ri bo‘larmikan?

    Prezidentning 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida mahalliy budjetlarning daromadini ko‘paytirish, orttirilgan qo‘shimcha daromadlarni mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish hamda hududlarni rivojlantirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan edi. Qonun loyihasida esa mahalliy budjetlarning daromadini hududlarning o‘zida qoldirish masalasi birmuncha mavhum qoldirilgani ham deputatlar e’tiborini tortdi.

    Umuman, yig‘ilishda hukumat tomonidan kiritilgan ushbu qonun loyihasi qizg‘in muhokamalarga, e’tirozlarga olib keldi. Keskin bahs-munozaralar, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

    Muhokamalar yakuniga ko‘ra, deputatlar tomonidan qonun loyihasi muhokamasini kechiktirish, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasiga esa ushbu loyiha bo‘yicha mas’ul bo‘lgan hukumat a’zolarini, manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislarini jalb etib, loyiha ustida jiddiy ishlashni davom ettirish, barcha deputatlarning taklif va tanqidlarini e’tiborga olgan holda, kelgusi yalpi majlis muhokamasiga kiritish taklif qilindi.

    Ushbu taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.

    11.12.2018, 08:45   Izoh (0)   15647
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BBC ilk bor O‘zbekistonda mukofotlandi

    11.12.2018, 08:25

    O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz davlat organiga aylantirildi

    11.12.2018, 08:10

    O‘zbekiston sport ta’limida Belarus tajribasi joriy etiladi

    10.12.2018, 23:54

    O‘zbekistonda mahkumlar jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldi

    10.12.2018, 23:43

    “Mozori Sharif — Kobul — Peshavor” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha moliyaviy konsorsium tashkil etiladi

    10.12.2018, 22:50

    “Islom tafakkuri” jurnalining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    10.12.2018, 22:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36

    Ravshan Ermatov: “Futbolchilar 6-iyun kuni tushgacha vatanga qaytishi kutilmoqda”

    Sport | 6 iyun, 09:26

    Temur Kapadze: “Xudoga va o‘zimizga ishonib, oldinga dadil qadam tashladik”

    Sport | 6 iyun, 08:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.