Paketdan o‘ziga Messi familiyasi tushirilgan futbolka tayyorlab olgan afg‘onistonlik 5 yashar bolaning fotosi 2016-yilda butun dunyoga tarqalgandi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Bolakayning orzusi ushaldi: u Lionel Messi bilan uchrashdi va futbolka hamda to‘p oldi.
Biroq bunday shuhrat Murtazoning oilasi uchun xavfli tahlikaga aylandi. Toliblar etnik xazoriylarni avvaldan yoqtirmay kelgan, ular bu oilaga ham tahdidlar yog‘dirdi. Ular uyini tark etish va bir manzildan ikkinchisiga ko‘chib yurishga majbur bo‘lmoqda.
“Biz Bomiyon viloyatidagi uyimizga qayta olmayapmiz. Chunki u yerda Murtazo xotirjam yurib, maktabga qatnay olmayapti”, — deydi bolaning onasi Shafiqa Ahmadiy.
Izoh (0)