• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahrisabzda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilishdan avval xat yozib qoldirgani aniqlandi

    Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida 7-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilishdan avval xat yozib qoldirgan, prokuratura hodisani o‘rganmoqda. Turon24 voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

    Foto: Turon24

    Foto: Turon24

    O‘z joniga qasd qilgan o‘quvchining ism-sharifi – Muhammad Sherboboyev. Ma’lum bo‘lishicha, voqea xorijdagi va O‘zbekistondagi ommaviy axborot vositalarida yozilganidek 28-noyabr kuni emas, 27-noyabr kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Qolaversa, marhum litseyda emas, balki Shahrisabz shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatida aniq fanlar yo‘nalishida tahsil olgan.

    “27-noyabr kuni o‘quvchimiz Muhammad Sherboboyevning onasi Mashhura Husanova 1- va 3-soatlardagi algebra va geometriya darslariga kirib, o‘qituvchining dars o‘tish jarayonini kuzatdi, – deydi o‘zini 7-“A”sinf rahbari deya tanishtirgan Alisher Yorboboyev. – O‘qituvchi Bunyod Toshevning dars o‘tishi M.Husanovaga ma’qul keldi. Dars yakunida o‘qituvchining dars o‘tishidan qoniqish hosil qilganini aytdi. Ammo Muhammadning "to‘rt" baho olganidan qoniqmaganini va o‘g‘li “besh”ga o‘qishini xohlashini bildirdi.

    Matematika fani o‘qituvchisi Bunyod Toshevning aytishicha, 27-noyabr kuni algebra va geometriya darslariga haqiqatan ham Muhammadning onasi kirib, o‘g‘lining o‘qishini kuzatish maqsadida kelganini bildirgan.

    “Muhammadning onasi ham o‘qituvchi ekan. Shuning uchun dars o‘tish jarayonimni kuzatish niyatida ruxsat so‘radi, – deydi matematika fani o‘qituvchisi Bunyod Toshev. – Onasi kelgani sababli dars jarayonida aynan Muhammadga ko‘proq e’tibor qaratgan holda, uning bilimini baholash niyatida ikki marta doskaga chiqardim. O‘sha kuni Muhammad geometriya fanidan “besh”, algebra fanidan esa xatolarga yo‘l qo‘ygani uchun “to‘rt” baho oldi”.

    "Muhammadning onasi har safar 6- va 7-soatlarda o‘g‘liga ruxsat berishimizni so‘rab, o‘g‘lini repetitorga qo‘ysa, balki o‘zlashtirib ketar, degan fikrni aytardi, – deydi 7-“A” sinf rahbari Alisher Yorboboyev. – Ammo men har safar onasiga maktabimizda ham yetarli darajada dars berilayotganini, agar o‘quvchiga haddan ortiq o‘qish vazifasi yuklatilsa, u fandan bezor bo‘lib qolishi mumkinligini aytganman. Shu sababli o‘g‘liga ko‘proq o‘zi e’tibor berishi kerak ekani, hali o‘zlashtirib ketishini ta’kidlaganman".

    “Muhammadni ham boshqa o‘quvchilar qatori o‘zlashtirishi sust bo‘lgan paytlari ba’zan koyib turardim, – deydi matematika fani o‘qituvchisi Bunyod Toshev. – Yaxshi o‘qisin, degan maqsadda”.

    Alisher Yorboboyevning ma’lum qilishicha, Muhammadning otasi 24-noyabr kuni o‘tishi lozim bo‘lgan ota-onalar majlisiga ishi borligi sabab, 2 soat oldin kelib, o‘g‘li xususida so‘raydi. Sinf rahbari esa o‘quvchisining ba’zi fanlardan o‘zlashtirishi past ekanligini bildiradi. Shundan so‘ng 27-noyabr kuni onasi dars tahliliga keladi.

    “Muhammad ko‘proq rasm chizishga, nimalardir yasashga qiziqardi”, – deydi Muhammadning sinfdosh do‘sti O‘ktam Ergashev. – U hamma fanlardan yaxshi o‘qirdi, faqat matematikani o‘zlashtirishdan qiynalardi. Onasi maktabga kelgan kuni ham o‘g‘li matematikadan yaxshi baho olmagani uchun xafa bo‘lib ketgan ekan”.

    “26-noyabr kuni aynan shu sinf o‘quvchilari bilan mashg‘ulot olib borgandim, – deydi maktab psixologi Nilufar Hamidova. – Test jarayonida o‘quvchilar qatori Muhammadning ham san’atga, rasm chizishga bo‘lgan qiziqishi aniqlangandi. Ammo Muhammadda tushkunlik kayfiyatini sezmagan ekanman. Agar unda ruhiy tushkunlik holati bo‘lganda, o‘sha kuni albatta u bilan alohida tartibda suhbatlashgan bo‘lardim. Chunki har safar test olganimda, aynan tushkunlik holati sezilgan bolalar bilan alohida tartibda ishlayman. Ish uslubim shunaqa”.

    “Seshanba kuni (27-noyabr nazarda tutilmoqda) Muhammadning oyoq kiyimi ham yirtilib ketgandi, – deydi Muhammadning sinfdoshi Elchinbek G‘ayratjonov. – Keyin “superkley” olib kelib, yamashga harakat qildik. Nam bo‘lgani uchun oyoq kiyimini yamay olmadik. Shunda Muhammad Javohir degan sinfdoshimizning oyoq kiyimini olib, dars tugamasa ham uyiga ketdi”.

    “Muhammadjon onasi kelgan kuni haqiqatdan ham to‘rt soat darsda o‘tirib, keyin ruxsat olib uyiga ketgan", – deydi maktab-internat direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Lobar Alimardonova.

    Marhumning buvisi nevarasi seshanba kuni darsdan qaytgach, uyga kelganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Muhammad ovqatini yeb bo‘lgach, molxona tomonga o‘tib, mollariga qaragan.

    “O‘sha kuni Muhammad darsdan qaytgan paytda uyda onasi va singillari bo‘lgan, – deydi buvisi. – U ikki marotaba uyga tez-tez kirib chiqqan. Keyin orada bir soatlar hayallab qolgach, onasi izlab chiqqan va voqeaning ustiga borgan".

    “Muhammadjon Muhammadjon edi-da, – deydi qo‘shnisi Minglish Gadoyeva. – Hammamizni kuydirib ketdi. U juda aqlli bola edi. Men havas qilardim bu bolaga. Vos-vos deganlari shu bo‘lsa kerakdir-da. Yo‘qsa, shunday namunali oilaning aqlli farzandi bunday ish qilmasdi”.

    “27-noyabr kuni qishlog‘imizga tez yordam mashinasi keldi, – deydi “Chuqun” mahallasi raisi Jovli Husanov. – Sal o‘tmay, tuman ichki ishlar bo‘limidan telefon qilishib, voqea xususida bildirishdi. Tezda o‘sha yerga yetib bordim. Borsam, Muhammadning otasini qo‘lida bir enlik xat bor ekan. “Nima bo‘ldi?” deb so‘rasam, u o‘g‘li xat yozib, unda ota-onasini, singillarini yaxshi ko‘rishini, sinfdosh do‘stidan krassovka olganini, uni egasiga qaytarib berishlari kerakligini aytganini ma’lum qildi. Otasining aytishicha, Muhammad xatda magnitofon va boshqa narsalar o‘ziniki ekanligini, qolgan gaplarni esa telefon “fleshka”sidan o‘qib olishlarini yozgan va keyin tomning boloriga o‘zini osgan".

    “Haqiqatan ham, xat yozib ketgan ekan, – deydi ism-familiyasini aytishni istamagan Chuqun mahalla profilaktika inspektori. – Ammo xatda nima yozilganidan xabarimiz yo‘q. Xatni prokuratura olgan ekan. Bizga ma’lum bo‘lishicha, bola shahardagi maktabda o‘qigan. Oxirgi paytlarda fanlarni o‘zlashtirishi past bo‘lgani uchun o‘qituvchilari ota-onasini chaqirib, bolaning o‘qishlari sustlashib ketayotganini aytgan”.

    Shahrisabz tuman prokurori o‘rinbosari Bobur Bahromovning ma’lum qilishicha, voqea tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. Ammo hali hech qanday jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan.

    Mahalla raisi Jovli Husanovni marhumning buvisi Chinni Boboqulovaga asoslanib ma’lumot berishicha, seshanba kuni maktabdan qaytgan Muhammadning kayfiyati bo‘lmagan. “Kattasiga (buvisi nazarda tutilayapti) to‘yib ketdim hammasidan” degan gapni aytgan.

    “Uydagilari ham xavfsiragan bolaning harakatidan, – deydi mahalla raisi. – Shuning uchun ham yarim soatlar ko‘rinmay qolgach, onasi va kattasi izlashga tushgan”.

    “Maktabda oynani sindirgan, degan gap ham bor”, – deydi mahalla raisi Jovli Husanov, posbon Muysin Berdiyev, kotib Bahrom Xurramov. – Qolaversa, vos-vos ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin".

    “O‘sha kuni maktabda hamshira xonasidagi derazalardan birining oynasi singani rost, – deydi maktab internati direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Lobar Alimardonova. –  Ammo OAVda yozilgani kabi Muhammadjon oynani sindirmagan. O‘sha kuni oyna singan payt voqea ustiga o‘zim bordim. Oynani 6-sinf o‘quvchilari Doston Usmonov va Sardor Xushvaqtovlar sindirgani aniqlandi. Shunda 6-sinf rahbari Sarvinoz Nasriddinovaga aytib, aybdorlarning uydagilarini chaqirib, o‘sha kuni oynani tuzatib qo‘ydik".

    07.12.2018, 18:36   Izoh (0)   319244
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorazm viloyatining Xiva va Gurlan tumanlari IIB boshliqlari tayinlandi

    07.12.2018, 18:26

    Video: Toshkent ko‘chalaridan birida yonayotgan mashina

    07.12.2018, 18:18

    Farg‘onada o‘zini MXX xodimi deb tanishtirgan shaxs ushlandi

    07.12.2018, 17:52

    Navoiyda 9 kishidan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi

    07.12.2018, 17:10

    Toshkentda YTH oqibatida Qozog‘iston fuqarosi halok bo‘ldi

    07.12.2018, 16:55

    Vladimir Kravchenko Ucell kompaniyasining bosh direktori etib tayinlandi

    07.12.2018, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.