30 yoshli VAZ 2106 haydovchisi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida ketayotib, yo‘lni kesib o‘tgan yo‘lovchini urib yubordi. Bu haqda “UzNews” xabar berdi.
6-dekabr kuni soat chamasi 20:55 da Toshkent halqa avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘lgan. Ishonchnoma asosida “VAZ 2106” avtomobilini boshqarayotgan haydovchi A.F. mehnat birjasi binosi yonida mumkin bo‘lmagan joyda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi.Hodisa oqibatida 1964-yilda tug‘ilgan, vaqtincha Toshkentda yashayotgan Qozog‘iston fuqarosi A.D. og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)