Qozog‘iston prokuratura organlari O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodovni “Xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” esdalik medali bilan taqdirladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Taqdirlash marosimi Ostonadagi “Mintaqaviy hamkorlikni mustaxkamlash va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi sayi-harakatlarni muvofiqlashtirish” konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi.
Ostonada Murodov Qozog‘iston bosh prokurori Kayrat Kojamjarov bilan ikki mamlakat prokuratura organlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni samarali va tezkor ta’minlash maqsadida mahkumlarni o‘tkazish to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma tuzish hamda yopiq elektron aloqa kanalini joriy etish masalalarini muhokama qilgan.
Shuningdek, tomonlar ekstraditsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qaytarish masalalarini muhokama qilishgan. Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bosh prokurorlarlar xalqaro shartnomalar doirasida shakllantirilgan o‘zaro munosabatlarni ijobiy baholashgan.
Izoh (0)