Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 5-dekabr kuni Bill Klinton va uning rafiqasini Vashingtondagi Kafedral soborida bo‘lib o‘tgan katta Jorj Bush bilan vidolashuv marosimida bepisand qildi, deya xabar berdi MK.ru.
Cherkovga kirib kelgan Tramp o‘zidan avvalgi sobiq davlat rahbarlari Barak Obama va uning oilasi bilan salomlashdi. Biroq Bill Klinton unga tabassum qilganiga qaramay u o‘z joyiga o‘tirdi.
AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp Obama va Klintonlar oilasi bilan salomlashdi. Ammo hozirgi davlat rahbari Klintonlar bilan so‘rashishni lozim topmadi.
Izoh (0)