Loyiha ishtirokchilari “Miss Chimkent — 2018” tashkilotchilar bilan shanbalikka chiqdi, deb yozadi “Tengrinews”.
Qizlar ko‘chalarni supurib chiqindilarni yig‘ishtirdi. O‘zlarining harakatlari bilan ular odamlarni megapolis tozaligini saqlashga chaqirdi. Qizlarga shahar aholisi yordam berdi. “Chimkent doim o‘zining tozaligi bilan ajralib turgan va biz shahrimizni ozoda saqlashimiz kerak”, — deydi loyiha ishtirokchisi Simbat Rays.
“Miss Chimkent” loyihasi 14-dekabr kuni yakunlanadi, ungacha qizlar turli tadbirlarda ishtirok etadi.
Izoh (0)