Yaponiya qirg‘oqlari yaqinida AQShning ikki harbiy samolyoti to‘qnashdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
F/A-18 qiruvchi-bombardimonchisi va KS-130 yoqilg‘i to‘ldiruvchi transport samolyoti o‘quv parvozini amalga oshirayotgandi. Ular AQSh dengiz piyodalarining “Ivakuni” bazasidan uchgan.
Samolyotlardagi ekipaj a’zolari soni ma’lum qilinmadi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi ketmoqda.
Izoh (0)