Sputnikning yangi suratlari Shimoliy Koreyadagi Yeongjeo-dong raketa bazasi faol bo‘lib qolayotgani va doimiy ravishda modernizatsiya qilinayotganini ko‘rsatdi. Bu haqda “KorrespondenT” xabar berdi.
Bundan tashqari, o‘tgan yili Shimoliy Koreya raketa bazasi uchun yana bir obyektni kengaytirdi.
Ekspertlar ushbu bazalar alohida yoki bir-biriga qarashliligini hozircha aniqlay olmadi.
Suratlar KXDR 2018-yilning avgustiga qadar ulkan yer osti obyekt barpo etganini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, Kim Chen In yangi raketalarni ishlab chiqarishda davom etmoqda.
Izoh (0)