Rossiya Ozarbayjon harbiylari uchun dengiz qirg‘og‘ida foydalaniladigan “Bal-E” raketa komplekslarini yetkazib berishdan bosh tortdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaning bunday keskin qarorga kelishiga raketa komplekslari Rossiyaning Kaspiy dengizidagi flotini xatarga qo‘yishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
Bundan avvalroq, Rossiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida kichikroq hajmda raketa komplekslari hamda bir qancha 3M24 (eksport varianti X-35E) raketalarini yetkazib berish bo‘yicha kelushuv imzolangan. Biroq, Rossiya Mudofaa vazirligi imzolangan kelishuvga qarshi chiqib, bitim “Kaspiy dengizidagi flotning xavfsizligini ta’minlashda qiyinchilik keltirib chiqarishi” haqida ma’lum qilgan.
Nashrning boshqa bir manbasi, muammo aslida X-35 raketasining avtomatik tarzda mo‘ljalga oluvchi kallakchasi takomillashtirilib, nafaqat dengizdagi nishonlar uchun, balki quruqlikda o‘tkazladigan harbiy operatsiyalarda ham foydalansa bo‘lganligi uchun, uni sotishga taqiq qo‘yilgani haqida ma’lum qilgan. Rossiya takomillashtirilgan X-35 raketalarini Tog‘li Qorabog‘ nizosida foydalanishidan ehtimoli bo‘lganligi uchun, bitimni bekor qilgan.
Izoh (0)