O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan davrida 39 ming 132 nafar shaxs jinoyat sodir etgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shundan 13 ming 423 nafari yoki 34,3 foizi voyaga yetmaganlar va yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu ko‘rsatkich Farg‘onada 34,5 foiz, Sirdaryoda 34,1 foiz, Qashqadaryoda 32,3 foiz, Toshkent viloyatida 36,4 foiz, Surxondaryoda 34 foiz va Toshkent shahrida 39,4 foizni tashkil etmoqda.
Izoh (0)