2018-yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 325 million dollarga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Oleg Pankratovning Toshkentdagi uchrashuvlari davomida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Tashqi savdo vazirligi axborot xizmati.
Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga ko‘p. Ikki davlat rahbarlari tomonidan ushbu ko‘rsatkichni yaqin orada 500 million dollarga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Pankratov boshchiligidagi Qirg‘iziston delegatsiyasi tashrifi davomida kooperatsion birja, ekspertlik uchrashuvlari o‘tkazildi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati sanoat korxonalari borib ko‘rildi.
Shuningdek, Tashqi savdo, Iqtisodiyot, Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Savdo-sanoat palatasi va Toshkent shahar hokimligida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ikki tomon manfaati uchun xizmat qiladigan qator kelishuvlarga erishildi.
Izoh (0)