2018-yilning 1-dekabr kuni Andijon viloyatining Bo‘z tumanida yashagan G.S. (ismli ayol) uyi yotoqxonasida o‘rnatilgan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan o‘zi hamda mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi O.S. (ismli ayol)lar zaharlanib kasalxonaga keltirilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay G.S. shu yerda vafot etgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)