Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2018-yil yakuniga ko‘ra eng yaxshi terma jamoa murabbiyini aniqladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
O‘tkazilgan so‘rovlarga ko‘ra, Rossiya maydonlarida o‘tgan JCh—2018 da Fransiyani g‘oliblikka boshlab borgan Didye Desham (304 ovoz) yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ikkinchi o‘rin Xorvatiya terma jamoasini mundial finaliga olib chiqqan Zlatko Dalichga (198 ovoz) nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa Belgiya terma jamoasi bilan mundial bronza medallarini qo‘lga kiritgan Roberto Martines (84) egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zinedin Zidan 2018-yil yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi klub murabbiyi, Luka Modrich eng yaxshi pleymeyker, Tibo Kurtua esa eng yaxshi darvozabon deb topilgandi.
Izoh (0)