UEFA tashkiloti Yevropa Ligasi 5-turining eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash borasida so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Unga ko‘ra 4 nafar futbolchi haftaning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun kurash olib boradi.
Ular quyidagilar:
- Olivye Jiru (“Chelsi”) — PAOKka qarshi o‘yinda dublga erishdi.
- Jermeyn Lens (“Beshiktosh”) — “Sarpsborg”ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
- Hoqon Chalxono‘g‘lu (“Milan”) —“Dyudelanj”ga qarshi uchrashuvda gol urdi.
- Brunu Fernandesh (“Sporting”) — “Qorabog‘”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.
Izoh (0)