Xitoylik olim Xe Szyankuy DNKsi o‘zgartirilgan ikkinchi homila embrioni haqida ma’lum qildi. Genetik avvalroq DNKsi o‘zgartirilgan egizak qizaloqlar tug‘ilganini aytgan. Ularning organizmi OIV virusiga qarshi tura oladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Olim joriy haftada dunyo hamjamiyatini hayratga tushirgan va o‘z hamkasblari hamda hukumat tarafidan jddiy tanqidga uchragan. Xitoy sog‘liqni saqlash va rejali bolalar tug‘ilishi davlat qo‘mitasi holat yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Olimning qayd etishicha, u insoniyat tarixida birinchi marta embrion DNKsini o‘zgartirishda ishtirok etgan. Olimning tajribasida yettita ko‘ngilli juftlik ishtirok etgan. Olim mazkur embrionlarning DNKlarini reproduktiv davolash vaqtida o‘zgartirgan. Ayni paytda faqat bitta homila natija bergan: egizak qizaloqlar joriy oyda butunlay sog‘lom holda tug‘ilgan.
Izoh (0)