Buyuk Britaniyaning Kent va Edinburg universitetlari olimlari Fransiyaning Lasko g‘oridagi qoya suratlarning asl mazmunini aniqladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
17 ming yil avval yaratilgan mashhur qoya suratlari astronomik tadqiqotlar haqidagi yodgoerlik sanaladi. Mutaxassislarning fikricha, qadimgi odamlar hayvonlar suratlari bilan yulduzlar to‘plamlarini aks ettirgan.
Shakllarning joylashishini tahlil qilgan olimlarning xulosalariga ko‘ra, shakllar taxminan 15150 yil avvalni ko‘rsatadi va global o‘zgarishlar haqida hikoya qiladi. Olimlarning taxminicha, aynan o‘sha davrda Yerning kometa bilan to‘qnashishi sababli iqlim o‘zgarishlari boshlangan.
Mutaxassislarning fikricha, qoya xatlaridagi hayvonlar tasvirlari butun dunyoda astronomik hodisalarni anglatadi.
Izoh (0)