Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida olimlar baliqlarda yurak to‘qimalarini to‘liq qayta tiklay olish qobiliyatini aniqladi. Bu haqda Phys.org. xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Astyanax mexicanus baliqlarida yurakni qayta tiklashga ikki gen Irrc10 va Cav mas’ul. Hozircha baliqlarning mazkur turi bunday mexanizm aniqlangan yagona mavjudot.
Astyanax mexicanus Meksikaning chuchuk suvli suv havzalarida yashaydi va yurak to‘qimalarini to‘liq qayta tiklay oladi. Bu jarayon genomning uchta sohasi zimmasidadir.
Yurak to‘qimalari shikastlangan taqdirda baliqlarning Irrc10 va Cav genlari ishga tushadi.
Odamlarda Irrc10 mushaklar qisqarishini tartibga solishda qatnashuvchi oqsilni kodlaydi. Cav hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi kaveolin oqsilini kodlaydi.
Izoh (0)