Avstraliyaning Devenport shahridan qo‘shni King oroliga uchayotgan charter reys uchuvchisi shturvalda uxlab qoldi va belgilangan joydan 46 kilometr uzoqlikka uchib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa 8-noyabr kuni yuz bergan, biroq u haqda endi ma’lum bo‘ldi.
Vortex Air aviakompaniyasiga qarashli Piper PA-31 samolyotining uchuvchisi shu kunga rejalashtirilgan yettita reysdan birinchisini amalga oshirgan. Samolyot muvaffaqiyatli qo‘ngan, hech kim jabrlanmagan.
Avstraliyaning transport xavfsizligi byurosi hodisani “uchuvchining ish qobiliyati buzilishi” deb baholagan va tekshiruv boshlagan. Tekshiruv doirasida byuro uchuvchini tergov qiladi va aviakompaniyada operatsion jarayonlarni amalga oshiradi.
Izoh (0)