Andijon viloyati fermerlari “davlat xirmoniga va ichki bozorga mo‘l g‘alla hosili yetkazib berishga” qasamyod qildi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.
Avvalroq Sirdaryo viloyatida fermerlar, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida esa shifokorlar qasamyod qabul qilgani haqida xabar berilgan edi.
Ushbu tashabbus jamoatchilik vakillari tomonidan iliq kutib olinmadi. Xususan, senator Maqsuda Vorisova fermerlarga qasam ichtirib, qishloq xo‘jaligidagi mavjud ahvolni ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkinligini shubha ostiga oldi.
Izoh (0)