Rossiyaning Saratov viloyatida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosini yo‘lni ta’mirlayotgan asfaltlovchi mashina bosib ketdi, deb xabar berdi “Sputnik”.
Hodisa “Sennaya” metro bekati yaqinida yuz berdi. Mehnat muhojiri og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.
Noyabr oyida Saratovda yana bir YTH yuz bergan edi. Ozinskiy tumanidagi temiryo‘l kesishmasida yuz bergan poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.
Izoh (0)