Madridning “Real” jamoasi PSJ hujumchisi Neymarni sotib olishdan bosh tortdi, deb yozadi Mundo Deportivo.
Neymarga bo‘lgan avvalgi bo‘lgan qiziqishlariga qaramay “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres uni sotib olish fikridan qaytgan. Bunga sabab sifatida klub muxlislarining Neymarning kelishiga qarshiligi ko‘rsatilmoqda.
Avvalroq PSJ moliyaviy feyr-pley qoidalari sabab Neymar yoki Kilian Mbappedan birini sotishga majbur bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)