Qirg‘izistonda tug‘ilgan chaqaloqqa Makgregor deb ism qo‘yildi. Bu haqda Facebook’dagi “Ferganskaya dolina” guruhida xabar qoldirilgan.
Chaqaloqning to‘liq ismi-sharifi Makgregor Alibekov bo‘lib, fotodagi hujjatga qaraganda 2018-yil 19-iyunda dunyoga kelgan.
Mazkur foto ostiga foydalanuvchilar tomonidan ko‘plab izoh qoldirilgan. Ulardan biri Makgregor asli ism emas, familiya ekanligiga (Konan Makgregor) e’tibor qaratgan bo‘lsa, yana biri “bolakayni Habib deb atashmabdi-da”, deya kinoya qilgan.
Izoh (0)