Xitoyda dunyodagi eng baland bo‘yli o‘smir qiz aniqlandi, 11 yoshli qizning bo‘yi 208 santimetrni tashkil qiladi. Rekordchi qizning ismi Chjan Sznoy bo‘lib, u Szinan shahrida yashaydi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Chjan professional basketbolchi bo‘lishni orzu qiladi. U avval mamlakat terma jamoasida o‘ynagan va ayni paytda mahalliy jamoa murabbiyi bo‘lgan onasi tufayli sportga qiziqqan.
Qiz ko‘p vaqtini sportga ajratadi, biroq u yaxshi o‘qishiga qaramasdan, musiqa va raqs bilan shug‘ullanadi.
Chjanning ota-oansi ham baland bo‘yli bo‘lib, ularning bo‘yi 180 santimetrni tashkil qiladi. Xitoyda Chjanga tengdosh qizlarning bo‘yi o‘rtacha 137 santimetrni tashkil qiladi.
Bo‘ydagi farqqa qaramasdan, qizning sinfdoshlari u bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi, tez-tez undan ularni qo‘lida ko‘tarishini so‘raydi.
Ayni paytda Ginnesning rekordlar kitobida eng baland bo‘yli o‘smir qiz sifatida bo‘yining balandligi 188 santimetrga teng bo‘lgan britaniyalik 12 yoshli Sofi Xollins qayd etilgan.
Izoh (0)