Dubay yaqinidagi cho‘lda Sevgi ko‘li (Love Lakes) paydo bo‘ldi. Suv havzasi ikkita tutashgan yurak shaklida yaratilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Romantik joy al-Qudra cho‘lida joylashgan. Suv havzasi ikki joyda kesishgan ikkita yurakdan tashkil topgan. Yuraklarning chetlari suv bilan to‘ldirilgan, markazda esa orolchalar qoldirilgan. Uning atrofida yo‘lakchalar qilingan va daraxtlar ekilgan.
Ko‘lni Google Maps’da ko‘rish mumkin. Shuningdek, daraxtlar inglizchada sevgi (LOVE) so‘zini hosil qilgan.
Izoh (0)