2018-yil yakuniga qadar Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatida jahon standartlariga javob beradigan kamondan otish bazasining qurib bitkaziladi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Mazkur sport inshooti qurib bitkazilganidan so‘ng, bu yerda xalqaro sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini ham o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Bazada sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kamondan otish federatsiyasi ham ana shu yerda joylashadi. Inshoot shu yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchonov mazkur bazaning qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Izoh (0)