20-noyabr sanasida FIFA kunlari doirasida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Argentina terma jamoasi Meksikaga qarshi maydonga tushib, Mauro Ikardi va Paulo Dibalaning gollari evaziga 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qildi.
Braziliya terma jamoasi esa Kamerunni qabul qilib, Risharlisonning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Xuddi shu hisobda Italiya terma jamoasi AQSh termasini mag‘lub etdi. Yagona gol esa Politano hisobiga yozildi.
JCh—2018 chempioni Fransiya terma jamoasi Urugvayga qarshi kurash olib bordi. O‘yin taqdirini 52-daqiqada Olivye Jiru tomonidan gol hal qildi. U penaltidan Urugvay darvozasini ishg‘ol etib, Fransiyaga g‘alaba keltirdi.
O‘rtoqlik o‘yinlari
20-noyabr, chorshanba
Panama – Ekvador 1:2
Gollar: 0:1 – 57 Sifuentes, 1:1 – 84 Kammingz, 1:2 – 88 Valensiya.
Peru – Kosta-Rika 2:3
Gollar: 1:0 – 20 Flores, 1:1 – 41 Makdonald, 1:2 – 54 Krus, 2:2 – 73 Farfan, 2:3 – 77, penalti Kempbell.
Chili – Honduras 4:1
Gollar: 1:0 – 8 Vidal, 2:0 – 35, penalti Vidal, 2:1 – 40 Lopes, 3:1 – 61 Sanches, 4:1 – 84, penalti Kastilo.
Argentina – Meksika 2:0
Gollar: 1:0 – 2 Ikardi, 2:0 – 87 Dibala.
Fransiya – Urugvay 1:0
Gol: 1:0 – 52, penalti Jiru.
Italiya – AQSh 1:0
Gol: 1:0 – 90 Politano.
Braziliya – Kamerun 1:0
Gol: 1:0 – 45 Risharlison.
Turkiya – Ukraina 0:0
Albaniya – Uels 1:0
Gol: 1:0 – 58, penalti Balay.
Tunis – Marokash 0:1
Gol: 0:1 – 41 an-Nosiri.
JAR – Paragvay 1:1
Gollar: 0:1 – 32 Santander, 1:1 – 90 Tau.
Izoh (0)